"Ақилли" JavaScript ни ёқиб қўй!!!

Kimyo.edu.uz
Kimyo.edu.uz

Tizim test rejimida ishlamoqda!!!

Batafsil


O‘zbekistonda 2030-yilgacha kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 4,5 barobarga oshiriladi.

...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2018–2030 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 4,5 barobarga, shu jumladan, mineral o‘g‘itlarni 2 barobarga (1,2 million tonnadan 2,4 million tonnagacha), mahsulotlar eksportini 4 barobarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7 foizdan 54 foizgacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi «O‘zkimyosanoat» AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanmoqda.
Unga ko‘ra:
a) qisqa muddatda (2018–2020 yillarda):
•  «Ammofos-Maksam» AJda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hisobiga fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini 20,0 ming tonnaga oshirish (100 foiz sof holda);
•  «Navoiyazot» AJda yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol;
•  «Navoiyazot» AJda yiliga 500 ming tonna azot kislotasi;
•  «Navoiyazot» AJda yiliga 660 ming tonna ammiak, 577,5 ming tonna karbamid;
•  «Farg‘onaazot» AJda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yiliga 7,8 million dona zamonaviy polimer oboylar;
•  «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish» investitsiyaviy loyihasi (II bosqich) doirasida tog‘-kon majmuasi loyiha hajmlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish;
b) kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, organik kimyo, shu jumladan, polimer mahsulotlar, sintetik tolalar, rezinotexnika va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘rta va uzoq muddatlarda istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish (2030 yilgacha) nazarda tutilmoqda.
Bunda mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy qiymati 4,8 milliard AQSh dollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyiha asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.